Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning kuzgi ta’tili 2025-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, II chorak dars mashg‘ulotlari 10-noyabrdan boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi maktabda qizni kaltaklagan o‘quvchilarning ota-onasi va maktab rahbariyati jazolangani haqida xabar berilgandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni o‘z nazoratiga olib, maxsus ishchi guruh orqali o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, voqea 20-sentabr kuni darsdan so‘ng yuz bergan. 4-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari bilan og‘zaki tortishuvdan keyin janjal kelib chiqqan. Maktab ma’muriyati bu holat haqida profilaktika inspektori va maktab psixologlariga darhol xabar bergan. Holat bo‘yicha o‘quvchilarning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, maktab direktori va mas’ul xodimlarga intizomiy chora qo‘llanildi.