Yangiliklar

Markirovka o‘sish nuqtasi sifatida: biznes nima uchun shaffoflikni tanlayapti

Markirovkani joriy etishning biznes uchun afzalliklari
Markirovka o‘sish nuqtasi sifatida: biznes nima uchun shaffoflikni tanlayapti. Foto: CRPT Turon

O‘zbekistonda mahsulotlarni raqamli markirovkalash zamonaviy biznes muhitining ajralmas qismiga aylandi. Iste’molchi uchun uning afzalliklari aniq: soxta mahsulotlardan himoyalanish va xarid qilingan mahsulotning haqiqiyligiga kafolat olish. Biznes uchun-chi? Tobora ko‘proq kompaniyalar markirovka nafaqat qonunchilik talabi, balki rivojlanish va samaradorlikni oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan vosita ekanligiga ishonch hosil qilmoqda.

«Asl Belgisi» MAT ma’lumotlariga ko’ra, 2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Markirovkalangan mahsulotlar reнestrida 115 mingdan ortiq nom ro‘yxatga olingan. Tizimda 1 068 ta ishlab chiqaruvchi va 3 451 ta import qiluvchi faol ishlamoqda. Ayniqsa, maishiy texnika (2 250 ishtirokchi), dori vositalari va tibbiy buyumlar (1 290 kompaniya), shuningdek, suv va ichimliklar (647 ishtirokchi) kabi toifalarda markirovka jadal sur’atda joriy etilmoqda.

Biznesning bunday yuqori darajada ishtiroki o‘z-o‘zidan ko‘p narsani anglatadi: ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar raqamli markirovkaning amaliy foydasini tushunib yetdilar. U brendni himoya qilishga, iste’molchilar ishonchini oshirishga, ichki jarayonlarni takomillashtirishga va bozorga yanada raqobatbardosh mahsulot bilan chiqishga yordam beradi. Aynan shu sababli tobora ko‘proq kompaniyalar markirovkani shunchaki rasmiyatchilik emas, balki rivojlanish vositasi sifatida ongli ravishda tanlamoqda.

Markirovkani joriy etishning biznes uchun afzalliklari:

  • Qonuniy ishlab chiqarish ulushining o‘sishi. Bozorda soxta yoki noqonuniy mahsulotlar ulushi kamayishi bilan qonuniy mahsulotlarga bo‘lgan talab ortadi. Iste’molchilar sifat va xavfsizlikni kafolatlagan brendlarga ishona boshlaydilar. Masalan, raqobatchilari qisman qalbaki yoki sertifikatsiz dorilarni taklif qilayotgan farmatsevtika kompaniyasi, barcha dori vositalari Asl Belgisi ilovasi orqali markirovkalangan va oson tekshiriladigan bo‘lsa (Android va iOS) mijozlar ishonchini qaytarib, sotuvlar hajmini oshirishi mumkin.
  • Jarayonlarni optimallashtirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish. Hisob-kitob, logistika va hujjat aylanmasini avtomatlashtirish qo‘l mehnatini, qayta hisoblashdagi xatolarni, noto‘g‘ri saralashni va ortiqcha zaxiralarni kamaytirish imkonini beradi. Bu saqlash, tashish va inson resurslari xarajatlarini pasaytiradi. Masalan, ichimlik ishlab chiqaruvchi qaysi mahsulotlar, qancha miqdorda va qaysi bosqichlarda ekanligini aniq bilsa, ombor xarajatlarini kamaytirishi mumkin. Logistika shunday qayta tashkil etiladiki, «tovar to‘planib qolishi», omborda mahsulotlar turib qolishi yoki shoshilinch yetkazib berish uchun ortiqcha to‘lovlar bo‘lmaydi.
  • Teng raqobat sharoitlari. Markirovkasiz halol ishlab chiqaruvchilar sifat standartlari, soliqlar, ishlab chiqarish va yetkazib berishning qonuniyligini inkor etuvchilar bilan raqobatlashishga majbur bo‘ladilar. Markirovka shaffoflik standartlarini joriy etib, o‘yin qoidalarini barcha uchun bir xil qiladi. Masalan, agar biror kompaniya qonunlarni chetlab o‘tish va noqonuniy import yo‘llaridan foydalanib mahsulotlarni arzon narxda sotsa, markirovka bunday usullarni qiyinlashtiradi va raqobatni adolatli qiladi, chunki barcha ishtirokchilar bir xil qoidalarga rioya qilishlari shart bo‘ladi.
  • Markirovka tizimi ma’lumotlari asosida biznes-tahlil sifatini oshirish. Markirovka ishonchli ma’lumotlar oqimini yaratadi: mahsulot qayerda bo‘lgan, qachon, qanday miqdorda sotilgan yoki qaytarilgan, qaysi partiyalardan va qaysi kanallar orqali kelgan. Bu bashoratlar qilish, kuchli va zaif tomonlarni tahlil etish, assortiment siyosatini takomillashtirish imkonini beradi. Misol uchun, kompaniya bir hududda ma’lum bir mahsulotga talab yuqori ekanligini, boshqa hududda esa aksincha ekanligini ko‘rib, hajmlarni qayta taqsimlashi yoki sotuvlar past bo‘lgan aynan o‘sha hududlarda marketing kampaniyasini boshlashi mumkin.
  • Halol ishlab chiqaruvchi brendini himoya qilish. Soxta mahsulotlar brend obro‘siga zarar yetkazadi: agar xaridor qalbaki mahsulot sotib olsa, u nafaqat sotuvchiga, balki brendga ham ishonchini yo‘qotadi. Markirovka asl tovarlarni aniqlash imkonini beradi, qalbakilashtirishdan va noinsof raqobatdan himoya qiladi. Misol uchun, mahsulotlari tez-tez nusxalanadigan maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi xaridorga markirovka kodi orqali mahsulotning asl ekanligini ko‘rsatishi mumkin. Bu brend mavqeyini mustahkamlaydi, iste’molchilar ishonchini oshiradi va ishlab chiqaruvchiga o‘z mahsulotlarini ham huquqiy, ham obro‘ jihatidan himoya qilish imkoniyatini beradi.
Markirovkani smartfon yordamida tekshirish mumkin / CRPT Turon

Markirovka bunga arziydimi

Qonunchilikka ko‘ra, markirovkaning bir kodi 76 so‘m 16 tiyin (QQS bilan) turadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar yoki importchilar Asl Belgisi operatoriga faqat uning qiymatini to‘laydilar. Biznes vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashish va raqamli markirovka tizimi operatorining qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan barcha maslahatlar bepul amalga oshiriladi.

Chop etish/kodlarni qo‘llash xizmatlari va uskunalarini mahsulot aylanmasi ishtirokchisi hamkorlik qiladigan xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar yoki integratorlar taqdim etadi. Ishlab chiqaruvchilar va importchilar hamkorlik uchun kompaniyani o‘zlari tanlaydilar va shartnoma asosida xizmat haqini to‘laydilar.

Markirovkaning bir kodi 76 so‘m 16 tiyin (QQS bilan) turadi / Foto: CRPT Turon

Mutaxassislarning fikricha, markirovka joriy etilgandan so‘ng, mahsulotlar narxi nafaqat oshmasligi, balki bozordagi qalbaki mahsulotlar ulushining kamayishi va yuqorida tilga olingan boshqa ijobiy ta’sirlar tufayli 10 foizgacha pasayishi mumkin. Raqamli markirovka, agar joriy etish jarayoniga to‘g‘ri yondashilsa, rivojlanish vositasiga aylanishi mumkin. Buning birinchi qadami CRPT TURON mutaxassislari bilan maslahatlashish bo‘lishi mumkin. Ular doimo mahsulotlarni markirovkalash bilan bog‘liq har qanday masalani hal qilishda yordam berishga tayyor:

O‘zbekistonda raqamli markirovka – bu shunchaki nazorat usuli emas, balki biznesni rivojlantirishning to‘laqonli vositasidir. To‘g‘ri joriy etilganda, u kompaniyalarga jarayonlarni takomillashtirish, o‘z brendini himoya qilish va halol hamda shaffof raqobat sharoitida o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratib, iste’molchilar ishonchini mustahkamlashga yordam beradi.