Nestlé 16 ming nafar xodimni qisqartirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tufayli
Nestlé 16 ming nafar xodimni qisqartirishni rejalashtirmoqda / Foto: Getty Images

Dunyoning eng yirik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchisi Nestlé xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida kelgusi ikki yil ichida 16 ming nafar xodimni qisqartirishini e’lon qildi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Kompaniya bayonotida ta’kidlanishicha, 12 ming nafardan ortiq qisqartirishlar ofis xodimlariga, qolgan 4 mingta o‘rin esa ishlab chiqarish va ta’minot zanjiri sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu Nestlé ishchi kuchining qariyb 6 foizini tashkil etadi.

Yangi bosh direktor Filipp Navratil: «Dunyo o‘zgarayotgani sababli Nestlé ham tezroq moslashishi kerak. Bu jarayonda og‘ir, ammo zarur qarorlar qabul qilinadi», — dedi.

Kompaniya sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalarni faol joriy etmoqda. AI yordamida ishlab chiqarish, marketing va tahlil jarayonlarini avtomatlashtirish rejalashtirilgan.

Nestlé, shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va global iqtisodiy noaniqliklarga qaramay o‘rta muddatli sarmoyalarni davom ettirishini bildirdi. Shu bilan birga, kompaniya aksiyalari e’lon ortidan 7,6 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreyada o‘zbekistonliklar uchun mavsumiy ish dasturi qayta tiklangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek