Yangiliklar

O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘uloti boshlandi

Markaziy harbiy okrugning «Kattaqo‘rg‘on» poligonida
O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘uloti boshlandi / Foto: Mudofaa vazirligi

Markaziy harbiy okrugning «Kattaqo‘rg‘on» poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarboyjon mudofaa vazirliklari bo‘linmalari ishtirokida «Birlik – 2025» nomli mintaqaviy harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi

14-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida bu mashg‘ulot O‘zbekistonning xalqaro harbiy hamkorlik doirasidagi eng yirik o‘quvlaridan biri sifatida ta’kidlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, harbiy hamkorlikni kuchaytirish va yangi xavf-xatarlar sharoitida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdir.

Foto: Mudofaa vazirligi

Ishtirokchilar zamonaviy jangovar tajribaga asoslangan usullarni qo‘llash, artilleriya, dron va zirhli texnikalardan samarali foydalanish orqali o‘quv-jangovar vazifalarni bajaradi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Shuningdek, mashg‘ulot doirasida harbiylar jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida qatnashadi, musobaqalarda ishtirok etadi hamda Samarqand shahrining tarixiy va madaniy merosi bilan tanishadi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Harbiy mahsulotlar va texnikalar bo‘yicha davlat buyurtmasi vazifalari belgilangani haqida xabar bergan edik.