O‘zbekistonda ilk bor «Halol» xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi

eʼlon qilindi
Hozirda halol oziq-ovqat va ichimliklar bozori hajmi $2 trillion, halol ziyorat turizmi esa $400 milliardni tashkil etmoqda
O‘zbekistonda ilk bor «Halol» xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi
O‘zbekistonda ilk bor «Halol» xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi. Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonda ilk bor xalqaro «Halol» akkreditatsiyasini olgan sertifikatlash organi faoliyatini boshladi. Bu haqda Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi xabar berdi.

Unga ko‘ra, markaz huzuridagi Halol sertifikatlash idorasi Turkiya Halol akkreditatsiya idorasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq deb topildi. Bu O‘zbekistonda halol standartlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan tashkilotlar uchun muhim bosqich hisoblanadi.

Halol sertifikati O‘zbekiston mahsulotlarini, ayniqsa, Islom mamlakatlariga eksport qilishda texnik to‘siqlarni kamaytiradi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda halol oziq-ovqat va ichimliklar bozori hajmi $2 trillion, halol ziyorat turizmi esa $400 milliardni tashkil etmoqda.

Mazkur natija O‘zbekistonning xalqaro standartlar tizimiga qo‘shilishida muhim qadam bo‘lib, mamlakat mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «Halolmevali ko‘chatlar» nomi ostida mevali ko‘chatlar savdosini amalga oshiruvchi platforma ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, mazkur axborot resursi daraxt ko‘chatlari olish niyatidagi fuqarolarni chalg‘itish maqsadida, asossiz ravishda «Halolmevali ko‘chatlar» nomidan foydalangan.

Shuningdek