Putin Nig‘matilla Yo‘ldoshevni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi

eʼlon qilindi
Karmen Teresa Melendes Rivas va Yusuf Rahmon ham
Foto: Ochiq manba

Vladimir Putin O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Rossiya prezidentining tegishli farmoni e’lon qilindi.

Shuningdek, orden bilan Venesuela poytaxti Karakas meri Karmen Teresa Melendes Rivas hamda Tojikiston sobiq bosh prokurori, hozirgi Xavfsizlik kengashi kotibi Yusuf Rahmon taqdirlangan.

«Do‘stlik» ordeni Rossiyada davlatlar o‘rtasida hamkorlik, madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan shaxslarni e’tirof etish uchun beriladi.

Mazkur mukofot Yo‘ldoshevning O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi e’tirofi sifatida berilgani ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Birlashgan kurash dunyosi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek