Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya bosh vazirining maslahatchisi bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Qator masalalar muhokama qilindi
Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya bosh vazirining maslahatchisi bilan uchrashdi / Foto: Telegram

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya bosh vazirining investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Varun Chandra bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish va uzoq muddatli sheriklik istiqbollari muhokama qilindi.

Varun Chandra O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, mamlakatning investitsiya jozibadorligi ortib borayotganini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva esa bu uchrashuv natijalari ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlab, yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun mustahkam asos bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya G‘aznachiligi iqtisodiy kotibi bilan uchrashgan edi.

Shuningdek