Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya G‘aznachiligi iqtisodiy kotibi bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Qator muhim masalalar muhokama qilindi
Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya G‘aznachiligi iqtisodiy kotibi bilan uchrashdi / Foto: Telegram

Londonda tashkil etilgan roud-shou doirasida O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya G‘aznachiligi iqtisodiy kotibi Lyusi Rigbi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Uchrashuvda «Yangi O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat» nomli tadbirda Rigbi xonimning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirildi.

Tomonlar O‘zbekistondagi islohotlar va mamlakatimizning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lish jarayonini muhokama qildi.

Foto: Telegram

Saida Mirziyoyeva ta’kidlashicha, yurtimiz taraqqiyotidagi ushbu muhim bosqichni Buyuk Britaniya hukumati to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.

Uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashgan edi.

Shuningdek