Yangiliklar

Samarqandda kumushning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqandda kumushning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi / Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Narpay tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Navoiy viloyatida yashovchi uch nafar shaxs 18 kg kumush qotishmasini noqonuniy sotayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ular «shartli xaridor»ga har bir grammni 11 700 so‘mdan hisoblab, jami $21 mingga sotmoqchi bo‘lgan. Ashyoviy dalil sifatida olingan kumushning sof og‘irligi 16 kilogramm 744 grammni, asillik darajasi esa «999» ni tashkil etadi.

Shuningdek, tegishli baholash xulosasiga koʻra, ushbu kumush metallning narxi 502 mln 344 ming soʻmni tashkil etadi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kumushning kelib chiqish manbasini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘ijduvonda sud xodimi pora ustida ushlangan edi.