Tayvan hukumati maktab o‘quvchilariga TikTok’ka kirishni cheklamoqchi

Tayvan hukumati boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari uchun TikTok ilovasidan foydalanishni cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Taipei Times nashri xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, ushbu chora 2025-yil oxirigacha kuchga kirishi kutilmoqda. Mamlakatning raqamli texnologiyalar vaziri Lin Itszin ta’kidlashicha, o‘quvchilarning shaxsiy telefonlarini tekshirish rejalashtirilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarga kirish maktablarda Wi-Fi darajasida to‘liq bloklanadi.
«Biz bu masalani Ta’lim va Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda muhokama qilamiz. Umid qilamanki, yil oxirigacha ushbu chora qanday amalga oshirilishini aniqlaydigan takliflar paydo bo‘ladi», — deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil oxirida Tayvan hukumat xizmatchilariga TikTok’dan foydalanishni taqiqlagan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp TikTok’ning AQShdagi aktivlarini sotish bo‘yicha farmon imzolagani haqida xabar bergan edi.