Yangiliklar

Tayvan hukumati maktab o‘quvchilariga TikTok’ka kirishni cheklamoqchi

Ushbu chora 2025-yil oxirigacha kuchga kirishi kutilmoqda
Tayvan hukumati maktab o‘quvchilariga TikTokga kirishni cheklamoqchi
Foto: The Conversation

Tayvan hukumati boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari uchun TikTok ilovasidan foydalanishni cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Taipei Times nashri xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, ushbu chora 2025-yil oxirigacha kuchga kirishi kutilmoqda. Mamlakatning raqamli texnologiyalar vaziri Lin Itszin ta’kidlashicha, o‘quvchilarning shaxsiy telefonlarini tekshirish rejalashtirilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarga kirish maktablarda Wi-Fi darajasida to‘liq bloklanadi.

«Biz bu masalani Ta’lim va Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda muhokama qilamiz. Umid qilamanki, yil oxirigacha ushbu chora qanday amalga oshirilishini aniqlaydigan takliflar paydo bo‘ladi», — deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil oxirida Tayvan hukumat xizmatchilariga TikTok’dan foydalanishni taqiqlagan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp TikTok’ning AQShdagi aktivlarini sotish bo‘yicha farmon imzolagani haqida xabar bergan edi.