Sport

Timur Kapadze Indoneziya termasini boshqarishi mumkin

Nomzodlar orasida Kapadzedan tashqari germaniyalik mutaxassis ham bor
Kapadze Indoneziya bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
Foto: Olympic.uz

Yaqinda Fabio Kannavaroga o‘rnini bo‘shatib bergan Timur Kapadze Indoneziya termasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda Goal Media xabar berdi.

Nomzodlar orasida Kapadzedan tashqari germaniyalik mutaxassis Tomas Dol hamda Iroq terma jamoasining bosh murabbiyi Xusus Kasas mavjud.

Patrik Klyuvert 8-yanvarda lavozimga kelgan, Indoneziya termasi Iroqqa imkoniyatni boy berib Jahon chempionati yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgandan keyin o‘zaro kelishuv asosida shartnoma bekor qilingan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan milliy terma jamoaning Jahon chempionatidagi imkoniyati haqida xabar bergan edi.