Yangiliklar

Zeekr 2026-yilda 001 modeli ishlab chiqarilmasligiga oid xabarlarga izoh berdi

Zeekr 001 ilk bor 2021-yilda taqdim etilgan
Foto: Zeekr

Zeekr kompaniyasi Zeekr 001 elektromobili 2026-yilda ishlab chiqarilmasligiga oid xabarlarga izoh berdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 2026-yilda Zeekr 001 modelini almashtirish yoki qayta nomlash rejasi yo‘q. Kompaniya ta’kidlashicha, 11-oktabr kuni taqdim etilgan yangilangan 001 versiyasi uzoq muddat davomida brendning asosiy modeli bo‘lib qoladi.

Bayonotda qayd etilishicha, yangilangan Zeekr 001’da dvigatel, shassi, xavfsizlik tizimlari, haydovchiga yordamchi funksiyalar va aqlli salon yo‘nalishlarida katta yangilanishlar amalga oshirilgan. Dizayn esa o‘zining shooting brake shaklini saqlab qolgan. Kelgusidagi o‘zgarishlar esa OTA dasturiy yangilanishlari yoki ixtiyoriy jihoz o‘zgarishlari orqali amalga oshiriladi.

Zeekr 001 elektromobili 2026-yilda chiqadimi / Foto: Zeekr

Zeekr 001’ning global muvaffaqiyati

Zeekr 001 ilk bor 2021-yilda taqdim etilgan bo‘lib, brend tarixidagi birinchi model hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, u 40 dan ortiq mamlakat va hududlarda sotuvga chiqdi. Umumiy yetkazib berilgan avtomobillar soni esa 300 ming donadan oshdi. Kompaniya ushbu modelni premium elektr avtomobillar segmentida uzoq muddatli loyiha sifatida davom ettirishini bildirdi.

Texnik imkoniyatlar

2026-yilgi Zeekr 001 modeli 900 V yuqori kuchlanishli platforma asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 810 km CLTC masofani bosib o‘tishga qodir. Ikkita elektromotorga ega versiya 925 ot kuchi ishlab chiqaradi va 0 dan 100 km/soatgacha atigi 2,83 soniyada tezlashadi. Maksimal tezlik 280 km/soatni tashkil etadi.

Barcha modellar lidar tizimi, Nvidia Thor-U chipi (700 TOPS hisoblash quvvati) va Zeekr H7 haydovchi yordam tizimi bilan jihozlangan.

Narxlar:

Model versiyasiBatareya sig‘imiNarxi (yuan)Narxi (AQSh dollari)
Max (dual-motor)95 kVt/soat269 800$37 000
Ultra+ (dual-motor)103 kVt/soat329 800$45 200

Avvalroq yangilangan Zeekr 001 elektromobili sotuvga chiqqani haqida yozgan edik.