BYD 115 mingdan ortiq avtomobillarni qaytarib oladi

eʼlon qilindi
Dizayn va batareyaga oid xavfsizlik nuqsonlari tufayli
BYD 115 mingdan ortiq avtomobillarni qaytarib oladi / Foto: Reuters

Xitoyning yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD o‘z tarixidagi eng katta qaytarib chaqirish jarayonini boshladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Kompaniya 2015 – 2022-yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan 115 mingdan ortiq Tang va Yuan Pro modellari dizayn va batareyaga oid xavfsizlik nuqsonlari tufayli servis markazlariga qaytarilishini ma’lum qildi.

Xitoy Bozorni tartibga solish davlat boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 44 mingdan ortiq Tang seriyasidagi avtomobillarda ayrim qismlarning dizayni ularning to‘g‘ri ishlashiga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, 71 mingdan ortiq Yuan Pro elektromobillarida batareya o‘rnatilishida ishlab chiqarish xatolari aniqlangan.

BYD bu chora orqali foydalanuvchi xavfsizligini ta’minlash, yong‘in xavfini kamaytirish va o‘z brendiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, kompaniya Fangchengbao Bao 5 gibrid yo‘ltanlamas hamda Dolphin va Yuan Plus elektromobillarini ham turli texnik nosozliklar sababli qaytarib olgan edi. Shu orqali BYD avtomobillar xavfsizligi bo‘yicha nazoratni kuchaytirayotganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Yangwang U7 avtomobili kuchliroq versiyada taqdim etilgan edi.

Shuningdek