Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Parvozlar 2025-yil 30-noyabrdan boshlab har yakshanba kuni amalga oshiriladi
Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Foto: Ales Ivanuk

Centrum Air aviakompaniyasi yangi muntazam yo‘nalish — Toshkent – Male (Maldiv orollari) reyslarini ochayotganini e’lon qildi.

Parvozlar 2025-yil 30-noyabrdan boshlab har yakshanba kuni amalga oshiriladi.

Chipta narxi 4 million so‘mdan boshlanadi va u yo‘lovchi bagajini ham o‘z ichiga oladi. Parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi, ularning sig‘imi 185 yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Aviakompaniya matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Maldiv orollari o‘zbekistonlik sayyohlar uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biri bo‘lib, yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys bu manzilni yanada qulay va arzon qiladi.

Avvalroq 2025-yil 26-oktabrdan boshlab Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent va Rossiyaning Sankt-Peterburg shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingandi. Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, parvozlar haftada uch marta – dushanba, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek