Chevrolet Spark Argentinada eng ko‘p sotilgan elektromobilga aylandi

17-oktabr 2025 09:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Spark elektromobili
Chevrolet Spark elektromobili / Foto: Chevrolet

Yangi Chevrolet Spark elektromobili Argentinada elektromobillar orasida eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylandi. Bu haqda Speedme nashri xabar bermoqda.

Sentabr oyida bu model mamlakatdagi barcha elektromobil savdolarining 65,4 foizini egallab, 104 dona sotilgan.

Foto: Elektrec

Mutaxassislar bunday natijani Argentina hukumati tomonidan elektr transport vositalariga bojxona to‘lovlarini bekor qilgani bilan izohlamoqda. Shu sababli elektromobillar narxi sezilarli darajada pasaydi va xaridorlar uchun yanada qulay sharoit yaratilgan.

Chevrolet Spark EUV Xitoyda ishlab chiqariladi va General Motors’ning Argentina bo‘limi orqali import qilinadi. Bunday ishlab chiqarish va logistika yondashuvi kompaniyaga raqobatbardosh narxni saqlab qolish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobilining narxi haqida yozgan edi.

Shuningdek