Honor Robot Phone taqdim etildi — video

17-oktabr 2025 10:17 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Honor Robot Phone
Honor Robot Phone taqdim etildi / Foto: Honor

Honor kompaniyasi Magic 8 seriyasi taqdimotida Honor Robot Phone nomli konseptual smartfonini namoyish qildi. Qurilma hozircha ishlab chiqarishga tayyor emas, biroq texnologik yo‘nalishni ko‘rsatib beradi.

Honor Robot Phone uchta asosiy texnologiyaga asoslangan: sun’iy intellekt, robotlashtirilgan harakat tizimi va professional suratga olish. Uning eng muhim xususiyati maxsus o‘rnatilgan harakatlanuvchi qo‘l mexanizmi bo‘lib, unda kamera osma tarzda joylashgan. Bu tizim obyektlarni avtomatik kuzatish va kadrni to‘g‘ri joylashtirish imkonini beradi.

Korpus orqa tomondan odatiy smartfonga o‘xshaydi, biroq kamerasi qalinroq. Qurilma ichida stabilizator borligi aniqlanmagan. Barcha jarayonlarni kompaniyaning sun’iy intellekt tizimi: Yoyo AI modeli boshqaradi. U foydalanuvchining hissiyotlarini taniydi, mos kontentni tavsiya qiladi va boshqa qurilmalarni boshqaradi.

Honor bu loyihani o‘zining Alpha Project dasturi doirasida ishlab chiqmoqda. Maqsad telefonni oddiy aloqa vositasidan yuqori darajaga olib chiqish.

Kompaniya jismoniy intellekt g‘oyasiga katta sarmoya kiritmoqda: robototexnika, harakat tizimlari va bionik dizayn bo‘yicha yangi ilmiy laboratoriyalar tashkil etilmoqda.

Honor Robot Phone haqida batafsil ma’lumot MWC 2026 ko‘rgazmasida Barselonada e’lon qilinadi. Taqdimot videosida kamera osma mexanizm yordamida harakatlanib, haqiqiy robot boshiga o‘xshab ishlashi ko‘rsatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor Magic8 smartfoni taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Honor kompaniyasi tomonidan yangi Honor Magic8 smartfoni taqdim etildi. Qurilma Snapdragon Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi va Android 16 asosidagi MagicOS 10 tizimida boshqariladi.

Model uchun oldindan buyurtmalar Xitoyda boshlangan, savdolar esa 23-oktabrdan start oladi.

Shuningdek