Turkiyada 30 kg kokain ishi: o‘zbekistonlik yigit aybsiz deb topildi

eʼlon qilindi
Jarayonda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ham ishtirok etdi
Foto: Pexels

2025-yil 16-oktabr kuni Istanbulning Bakirko’y tumanida joylashgan og‘ir jinoyatlar bo‘yicha 17-sudda asli Samarqand viloyatidan bo‘lgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosining ishi yuzasidan uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ham ishtirok etdi.

Ish narkotik moddalarni noqonuniy olib kirish va ularning aylanmasi bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha ko‘rib chiqildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jami olti kishi va qidiruvda bo‘lgan bir necha shaxs Yevropa davlatlaridan Turkiyaga 30 kg kokain va 800 kg psixotrop modda olib kirishda ayblangan.

Fuqaro 2023 – 2024-yillarda ushbu yuk mashinasi turgan joy yaqinidagi yog‘och quti ishlab chiqaruvchi ustaxonada ishlagan. Huquq-tartibot idoralari operatsiya o‘tkazgan paytda u shu hududda bo‘lgani uchun qo‘lga olingan.

Sudya ish materiallarini o‘rganib chiqqach, qamoqda saqlash chorasi bekor qilindi va vatandoshimiz ozod etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Metroda 20 yoshli yigit qizga tegajog‘lik qilgani uchun 5 sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek