Leapmotor D19 avtomobili taqdim etildi — foto

17-oktabr 2025 09:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Leapmotor D19 avtomobili
Leapmotor D19 avtomobili taqdim etildi / Foto: Leapmotor

Leapmotor kompaniyasi o‘zining yangi Leapmotor D19 avtomobilini rasman taqdim etdi. Bu haqda Kolesa nashri xabar bermoqda.

Model elektromobil yoki gibrid variantda taqdim etiladi va Xitoy bozorida 2026-yilning birinchi yarmida savdoga chiqadi.

Foto: Leapmotor

Texnik xususiyatlari

Leapmotor D19 kompaniyaning yangi D-seriyasiga mansub birinchi avtomobil bo‘lib, u yirik va hashamatli SUVlar segmentiga kiradi. Avtomobilning uzunligi 5,2 metrdan, kengligi esa 2 metrdan oshadi, g‘ildirak bazasi 3,1 metrga teng. U osma tizimi va adaptiv amortizatorlar bilan jihozlangan.

Krossover tashqi ko‘rinishida silliq old qism, ikki qavatli faralar, yashirin eshik tutqichlari va 21 dyuymli g‘ildiraklarga ega. Faralarga lazer proyektor va orqa monofonarlarga animatsiya funksiyasi o‘rnatilgan. Shuningdek, avtomobil lidar tizimiga ega ilg‘or avtopilot bilan ta’minlangan.

Foto: Leapmotor

Gibrid versiyada 800 voltli elektr tizimi, to‘liq uzatma va 80,3 kVt/soatli batareya o‘rnatilgan. Uning umumiy quvvati 544 ot kuchiga teng bo‘lib, faqat elektrda 500 km masofani bosib o‘tadi. 0 dan 100 km/soat tezlikka 5 soniyada chiqadi.

To‘liq elektr versiyasi esa 1000 voltli tizim, uchta elektromotor va 115 kVt/soatli batareyaga ega. Uning quvvati 734 ot kuchi, yurish masofasi esa 720 km dan ortiq. Elektromobil 100 km/soat tezlikka 3 soniyadan kam vaqtda erishadi.

Leapmotor D19 Xitoy bozorida Deepal S09, Nio Onvo L90, Geely Galaxy M9, GAC Trumpchi S9 va Chery Fulwin T11 kabi raqobatchilarga qarshi chiqadi. Keyinchalik kompaniya D-seriyasini miniven va sedan modellar bilan kengaytirishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Leapmotor 2026-yilda ilk elektr sport avtomobilini taqdim etishi haqida yozgan edi.

Shuningdek