Marg‘ilonda Nexia-1 haydovchisi uch nafar bolani urib yubordi
eʼlon qilindi
Bir nafar bola shifoxonaga yotqizilgan

Marg‘ilonda Nexia-1 haydovchisi maktab yonidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan uch nafar o‘quvchini urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hodisa oqibatida bir nafar bola shifoxonaga yotqizilgan, ikki nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘onada 500 million so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlari yo‘q qilingani haqida xabar berilgan edi.