Meta o‘smirlar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirdi

eʼlon qilindi
«Flirtli» chatbotlari uchun bildirilgan tanqidlardan so‘ng
Meta o‘smirlar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirdi / Foto: Reuters

Meta kompaniyasi o‘smirlarning sun’iy intellekt bilan shaxsiy chatlarini o‘chirib qo‘yish imkonini beruvchi yangi funksiyani joriy etmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qaror kompaniyaga o‘zining «flirtli» chatbotlari uchun bildirilgan tanqidlardan so‘ng qabul qilindi. Maqsad – ijtimoiy tarmoqlarni voyaga yetmagan foydalanuvchilar uchun yanada xavfsiz qilish.

Endilikda ota-onalar farzandlarining qaysi SI qahramonlari bilan muloqot qilayotganini kuzatish, istasa ularni bloklash hamda umumiy suhbat mavzularini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, Meta’ning SI yordamchisi yoshga mos holatda faol bo‘lib qoladi, ammo o‘smirlarning shaxsiy suhbatlari cheklanadi.

Kompaniya ma’lum qilishicha, bu nazorat vositalari ilgari o‘smirlar akkauntlari uchun ishlab chiqilgan himoya tizimlariga asoslanadi. Shuningdek, Meta SI signallaridan foydalanib, o‘zini kattalar deb ko‘rsatgan o‘smir foydalanuvchilarni aniqlaydi va avtomatik himoyaga joylaydi.

Yangi vositalar 2025-yil boshida AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyada Instagram’da ishga tushiriladi. Meta, shuningdek, SI yordamchilari o‘smirlar bilan o‘z joniga qasd, o‘zini jarohatlash yoki noto‘g‘ri ovqatlanish kabi mavzularda suhbat qurmasligini ta’minlashini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek