
Motorola kompaniyasi yangi Moto X70 Air modelini taqdim etdi. Smartfon dizayni jihatidan iPhone Air’ni eslatadi, biroq ayrim texnik jihatlarda undan ustun. Bu haqda GSMarena nashri ma’lum qildi.
Qurilmaning qalinligi 5,99 mm, og‘irligi esa 159 gramm. Bu iPhone Air’dan biroz qalinroq, ammo yengilroq. Moto X70 Air 6,7 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lib, 120 Hz yangilanish tezligida ishlaydi va 4500 nit yorqinlikka chiqadi.

Smartfon Snapdragon 7 Gen 4 protsessorida ishlaydi. U 12 GB tezkor xotira va 256 GB dan boshlanadigan doimiy xotiraga ega.
Asosiy kamera tizimi 50 MP’li ikkita sensorni o‘z ichiga oladi: asosiy va ultrashirok obyektiv. Batareya sig‘imi 4800 mA/soat bo‘lib, korpus IP68 va IP69 himoya standartlariga mos.

Motorola smartfon narxini noyabr oyida e’lon qilishi kutilmoqda. Mutaxassislar esa bu model iPhone Air bilan raqobat qila olishini ta’kidlashmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Moto Edge 70 smartfoni haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida xabar begran edi.
Motorola kompaniyasi yangi Moto Edge 70 smartfoni ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Apple va Samsung kompaniyalarining so‘nggi modellari fonida Motorola ham o‘zining rekord darajada yupqa korpusli flagmanini taqdim etishga hozirlanmoqda. Kompaniya qurilmani rasman 5-noyabr kuni taqdim etadi, biroq X-Com saytida e’lon qilingan erta ro‘yxat tufayli uning texnik jihatlari allaqachon fosh bo‘ldi.