Nohaq ishdan bo‘shatilgan 13 ming xodim ishiga tiklandi – prezident

eʼlon qilindi
Ishdagi baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlangan 1 ming nafar xodimga 35 milliard so‘m tovon puli to‘lab berilgan
Nohaq ishdan bo‘shatilgan 13 ming xodim ishiga tiklandi - prezident
Nohaq ishdan bo‘shatilgan 13 ming xodim ishiga tiklandi – prezident. Foto: ijtimoiy tarmoq

Nohaq ishdan bo‘shatilgan 13 ming xodim ishiga tiklandi. Bu haqda davlat rahbari kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

So‘nggi yillarda 500 mingga yaqin xodimning huquqlari himoya qilinib, ular foydasiga 267 milliard so‘m undirilgan.

Bundan tashqari, ishdagi baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlangan 1 ming nafar xodimga 35 milliard so‘m tovon puli to‘lab berilgan.

Shuningdek, prezident bolalar mehnati va majburiy mehnatga to‘liq barham berilganini ta’kidladi.

«Bolalar mehnati va majburiy mehnatga to‘liq barham berish uzoq yillar biz uchun eng og‘riqli masala bo‘lib kelgan edi. Faqat kuchli iroda, qat’iy pozitsiyamiz orqali biz bu murakkab muammoni ijobiy hal qildik», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekistonning bu boradagi ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan boshqa davlatlarga namuna sifatida tavsiya etildi. Natijada o‘zbek paxtasi dunyodagi ko‘plab mashhur brend kompaniyalarning «qora ro‘yxati»dan chiqarildi, Cotton Campaign tashkiloti esa mamlakatga qo‘yilgan taqiqni butunlay bekor qildi.

Prezident, shuningdek, O‘zbekistonning BMT tashabbuslari va Xalqaro mehnat tashkiloti loyihalarida faol ishtirok etayotganini qayd etdi. Shavkat Mirziyoyev so‘zlariga ko‘ra, bu yutuqlarda sakkiz million a’zoga ega kasaba uyushmalarining katta hissasi bor.

Avvalroq davlat rahbari kasaba uyushmalarining mehnati sabab so‘nggi sakkiz yil davomida mamlakat iqtisodiyotiga $130 milliard investitsiya jalb etilganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, uchrashuvda so‘nggi yillarda iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga ustuvor e’tibor qaratilgani tufayli aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad $3,5 mingga yetgani qayd etildi.

Shuningdek