Osiyoning eng yaxshi futbolchilari aniqlandi

17-oktabr 2025 17:15 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Li Kang In Osiyoda yil futbolchisi deb topildi
Foto: Afc.com

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, «PSJ» hujumchisi Li Kang In yil futbolchisi deb topildi. Janubiy koreyalik futbolchi o‘tgan yili Parij klubi bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan. «Real Sosiyedad» yarim himoyachisi Takefusa Kubo (Yaponiya) va «Olimpiakos» hujumchisi Mahdiy Torimiy ham da’vogarlar orasida edi.

Osiyoda o‘ynayotgan futbolchilar orasida esa Saudiya Arabistoni terma jamoasi hujumchisi Salim Ad-Dosari tengsiz deb topildi. «Al-Hilol» yulduzi bu mukofotni ikki marta qo‘lga kiritgan birinchi saudiyalik futbolchiga aylandi.

Salim Ad Dovsari Osiyoda harakat qilayotgan eng yaxshi futbolchi
Foto: Afc.com

Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini Avstraliya «U-20» terma jamoasi a’zosi Aleks Bodolatoga nasib etdi. Bodolato 2025-yilda Xitoyda o‘tkazilgan «U-20» Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan Avstraliya terma jamoasining yetakchilaridan biri edi. Nomzodlar orasida O‘zbekiston «U-17» jamoasi hujumchisi Sadriddin Hasanov ham bor edi.

Foto: Afc.com

Shuningdek, yilning eng yaxshi erkak murabbiyi nominatsiyasida Ri Son Ho g‘olib bo‘ldi. Uning boshqaruvida Shimoliy Koreya «U-20» ayollar terma jamoasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida g‘alaba qozongan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan The Guardian nashri Hasanovni eng iqtidorli 60 futbolchilar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek