O‘zbekistonda 90 yoshdan oshganlar soni 18 mingdan ortdi

eʼlon qilindi
Ularning 56,5 foizi shahar hududida yashaydi
O‘zbekistonda 90 yoshdan oshganlar soni 18 mingdan ortdi / Foto: Unsplash

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 90 yosh va undan katta fuqarolar soni 18 915 nafarni tashkil etdi. Ularning 56,5 foizi shaharlarda, 43,5 foizi esa qishloqlarda yashaydi, deya ma’lum qildi «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti.

Uzoq umr ko‘ruvchilarning 66,3 foizini ayollar, 34,6 foizini esa erkaklar tashkil etadi. Eng ko‘p uzoq umr ko‘ruvchilar Farg‘ona viloyatida (2582 nafar), Toshkent shahri (2155 nafar) va Qashqadaryo viloyatida (2011 nafar) qayd etilgan.

Prognozlarga ko‘ra, 2030-yilda bu ko‘rsatkich 44 mingdan, 2040-yilda esa 93 mingdan oshishi kutilmoqda. Bunga aholining sog‘lom turmush tarzi, tibbiy xizmatlarning yaxshilanishi va 1935 – 1950-yillarda tug‘ilgan avlodning uzoq umr ko‘ruvchi yoshga kirishi sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga 47 ming nafar mahalla xodimi jalb etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek