O‘zbekistonlik o‘qituvchilarning qariyb 95 foizi o‘z ishidan mamnun — tadqiqot

eʼlon qilindi
O‘qituvchilarning 90 foizdan ortig‘i o‘z muassasasidagi ish muhitini ijobiy baholadi
Ilgʻor ustozlarga dam olish uchun bepul yoʻllanma beriladi
O‘zbekistonlik o‘qituvchilarning qariyb 95 foizi o‘z ishidan mamnun — TALIS tadqiqoti. Foto: Facebook

O‘zbekistonlik o‘qituvchilarning qariyb 95 foizi o‘z ishidan mamnun, 90 foizdan ortig‘i esa o‘z muassasasidagi ish muhitini ijobiy baholagan. Bu haqda o‘qitish va o‘rganishni baholash bo‘yicha xalqaro TALIS 2024 tadqiqotida ma’lum qilindi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan o‘tkazilgan mazkur tadqiqotda O‘zbekiston ilk bor ishtirok etdi. Unda mamlakatning 210 ta maktabi qatnashgan.

Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘qituvchilar yosh tarkibi bo‘yicha nisbatan yosh hisoblanadi. Ularning o‘rtacha yoshi 39 yoshni tashkil etadi, OECD davlatlarida bu ko‘rsatkich 45 yosh.

Shuningdek, 30 yoshgacha bo‘lgan o‘qituvchilar 22 foizni tashkil etib, bu OECD o‘rtachasidan ikki baravar yuqori.

Eslatib o‘tamiz, TALIS (The teaching and learning international survey) tadqiqoti o‘qituvchilarning faoliyati, ish sharoitlari, ta’lim muhiti va maktab boshqaruvi tizimini o‘rganishga qaratilgan xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Avvalroq «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov pedagoglar uchun pensiya yoshini 50 yosh qilib belgilash kerakligini ta’kidlagandi.

«O‘qituvchilarga 50 yoshdan keyin pensiya beraylik dedik, nimaga? O‘qituvchi tamom bo‘ladi. Uchuvchiga berasiz 45 yoshdan keyin, maxsus xizmat xodimiga berasiz 45 yoshdan keyin. Nimaga? Ular og‘ir sharoitda ishlagani uchun, pedagog og‘ir sharoitda ishlamaydimi? 50 bolani qarshisida 3 yili 30 yildek o‘tadi», — deydi u.

Shuningdek