Sport

Qozog‘istonda futbolchi o‘yin payti vafot etdi

Birinchi ligadan o‘rin olgan o‘yin vaqtida
Qozog‘istonda 19 yoshli futbolchi o‘yin payti vafot etdi
Foto: Telegram-kanal «Серый CARDINAL»

Qozog‘istonning «Xan-Tengri» klubi a’zosi Dias Tuleu birinchi ligadan o‘rin olgan o‘yin vaqtida vafot etdi. Bu haqda Qozog‘iston futbol federatsiyasi xabar berdi.

Voqea 25-turdan o‘rin olgan «Xan-Tengri» va «Ekibastuz» bahsida ro‘y bergan. O‘yin paytida futbolchi hushini yo‘qotgan va ko‘rsatilgan yordamga qaramay hayotdan ko‘z yumgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/10/kaz.mp4

Dias Tuleu «Qayrat» klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Xan-Tengri» safida 25 o‘yinda 3 gol va 4 asisst amalga oshirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘iston rasman Jahon chempionatidan mahrum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.