Yangiliklar

Qozog‘istondagi futbolchining o‘limi, Tramp va Putin uchrashuvi, dunyoning eng boy futbolchisi — 17-oktabr kungi muhim xabarlar dayjesti

Kun davomida ro‘y bergan O‘zbekiston va dunyoda dolzarb yangiliklar jamlandi
14-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Sun’iy intellekt

Qozog‘istonda futbolchi o‘yin payti vafot etdi

Qozog‘istonning «Xan-Tengri» klubi a’zosi Dias Tuleu birinchi ligadan o‘rin olgan o‘yin vaqtida vafot etdi. Bu haqda Qozog‘iston futbol federatsiyasi xabar berdi.

Batafsil

Donald Tramp va Vladimir Putin Budapeshtda uchrashuv o‘tkazadi

Donald Tramp va Vladimir Putin Budapeshtda uchrashuv o‘tkazadi
Donald Tramp va Vladimir Putin Budapeshtda uchrashuv o‘tkazadi / Foto: CNN

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Budapeshtda uchrashib, Ukraina urushi masalasini muhokama qiladi. Bu haqda CNN agentligi xabar berdi.

Batafsil

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 8,8 mln so‘mdan oshdi

слиток золота
Фото: Unsplash

17-oktabr kuni oltin quymalar narxi rekordni yana bir bor yangiladi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Batafsil

Motorola Moto X70 Air smartfonini taqdim qildi

Motorola kompaniyasi yangi Moto X70 Air modelini taqdim etdi. Smartfon dizayni jihatidan iPhone Air’ni eslatadi, biroq ayrim texnik jihatlarda undan ustun. Bu haqda GSMarena nashri ma’lum qildi.

Batafsil

O‘zbekistonlik o‘qituvchilarning qariyb 95 foizi o‘z ishidan mamnun — tadqiqot

O‘zbekistonlik o‘qituvchilarning qariyb 95 foizi o‘z ishidan mamnun, 90 foizdan ortig‘i esa o‘z muassasasidagi ish muhitini ijobiy baholagan. Bu haqda o‘qitish va o‘rganishni baholash bo‘yicha xalqaro TALIS 2024 tadqiqotida ma’lum qilindi.

Batafsil

Dunyoda non narxi eng qimmat va eng arzon mamlakatlar e’lon qilindi

RIA Novosti o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, oq nonning eng qimmat narxi Jibutida, eng arzon narxi esa Jazoirda qayd etildi.

Batafsil

Krishtianu Ronaldu – dunyoning eng boy futbolchisi

Krishtianu Ronaldu dunyoning eng boy futbolchisi
Foto: Forbes

Forbes jurnali ma’lumotiga ko‘raKrishtianu Ronaldu 2025/26 yilgi mavsumda 280 million dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p haq oladigan futbolchisi bo‘ldi. 40 yoshli yulduz shu tariqa so‘nggi o‘n yilda oltinchi bor reytingning eng yuqori pog‘onasiga chiqdi.

Batafsil

Vivo X300 Pro o‘zi qanday smartfon

Vivo X300 Pro
Vivo X300 Pro o‘zi qanday smartfon / Foto: Vivo

Vivo o‘zining yangi flagman modeli X300 Pro smartfonini taqdim etgan edi. Kursiv Uzbekistan Gizmochina nashriga tayanib, qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi.

Batafsil

Turkiyada 30 kg kokain ishi: o‘zbekistonlik yigit aybsiz deb topildi

2025-yil 16-oktabr kuni Istanbulning Bakirko’y tumanida joylashgan og‘ir jinoyatlar bo‘yicha 17-sudda asli Samarqand viloyatidan bo‘lgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosining ishi yuzasidan uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

Dam olish kunlari qaysi banklarda valyutani ayirboshlash mumkin — lokatsiyalar

Dam olish kunlari bir qator tijorat banklari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarining faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Batafsil