Red Magic 11 Pro smartfoni haqida nimalar ma’lum

17-oktabr 2025 11:50 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Red Magic
Red Magic 11 Pro smartfoni haqida nimalar ma’lum / Foto: Nubia

Nubia kompaniyasi tomonidan Red Magic 11 Pro smartfoni bugun taqdim etiladi. Taqdimot arafasida ishlab chiqaruvchi qurilmaning asosiy texnik xususiyatlarini tasdiqladi.

Red Magic 11 Pro — Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydigan va 8000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lgan birinchi smartfon bo‘ladi. Qurilmada 120 Vt simli va 80 Vt simsiz tezkor quvvatlash tizimi mavjud.

Foto: Red Magic

Yangi flagman ICE Magic nomli ilg‘or sovitish tizimi bilan jihozlangan. U suyuqlik va havo sovitish mexanizmlarini birlashtirib, 24 000 ayl/min tezlikda aylanadigan ventilyator yordamida issiqlikni tez tarqatadi.

Smartfon BOE X10 True Full Screen displeyiga ega. Ekran chetlarsiz, old kamera esa displey ostiga joylashtirilgan. Shuningdek, u ultratovushli barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan.

Foto: Red Magic

Red Magic 11 Pro to‘rtta rangda taqdim etiladi va o‘z segmentida eng kuchli energiya zaxirasi va sovitish tizimi bilan ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Red Magic 11 Pro seriyasi 17-oktabrda taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek