Samarqandda MDH xavfsizlik organlari rahbarlarining 21-majlisi bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Razvedka xizmatlari rahbarlarining ham
Samarqandda MDH xavfsizlik organlari rahbarlarining 21-majlisi bo‘lib o‘tadi / Foto: Uzbekistan Travel

17-oktabr kuni Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘z ishini boshlaydi. Bu nufuzli tadbir O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi.

Majlisda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirok etadi. Uchrashuvga O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari, general-polkovnik Bahodir Qurbonov raislik qiladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar zamonaviy xavf va tahdidlar yuzasidan fikr almashib, MDH davlatlari o‘rtasidagi razvedka sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama etadi.

Ma’lumot uchun, ushbu majlisning o‘tkazilish joyi va kun tartibi 2024-yil 26-noyabr kuni Moskvada o‘tgan 20-yubiley yig‘ilishida belgilangan edi. Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kelgusi vazifalarni belgilab oladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev MDH venchur platformasini yaratishni taklif qilgan edi.

Shuningdek