Samsung to‘rtta smartfon modeli uchun yangilanishlarni to‘xtatdi

Samsung kompaniyasi Galaxy A03s, Galaxy A52s, Galaxy F42 5G va Galaxy M32 5G smartfonlari uchun dasturiy ta’minot yangilanishlarini yakunlaganini ma’lum qildi. Endilikda bu modellarga yangi tizim yoki xavfsizlik yangilanishlari yuborilmaydi, deya xabar bermoqda Sammobile.
Mazkur qurilmalar 2021-yilda taqdim etilgan bo‘lib, Samsung ularga to‘rt yil davomida yangilanishlar berishni va’da qilgan edi. Kompaniya bu majburiyatini bajardi — qo‘llab-quvvatlash muddati 2025-yil sentabrda tugadi.
Yangilanishlar to‘xtatilishi natijasida bu smartfonlar kiberhujumlar va zararli dasturlar ta’siriga nisbatan himoyasizroq bo‘lib qoladi.
Shunga qaramay, Samsung Android bozorida eng uzoq muddatli dasturiy qo‘llab-quvvatlovchi kompaniya sifatida qolmoqda. Yangi modellarga esa 7 yilgacha yangilanishlar va’da qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S22, S22 Plus va S22 Ultra smartfonlari uchun One UI 8 yangilanishi to‘xtatilgani haqida yozgan edik.