Shanxayda O‘zbekiston investitsiya va savdo markazi ochildi

eʼlon qilindi
Markazning asosiy maqsadi – O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini tanitishdan iborat
Shanxayda O‘zbekiston investitsiya va savdo markazi ochildi
Shanxayda O‘zbekiston investitsiya va savdo markazi ochildi. Foto: peakpx

Xitoyning Shanxay shahrida O‘zbekiston investitsiyalar va savdoni rivojlantirish markazi ochildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Tadbirda Shanxay xalqaro savdo zonasi, Szyansu provinsiyasi Savdo-sanoat palatasi vakillari va 60 dan ortiq mahalliy kompaniya rahbarlari ishtirok etdi.

Markazning asosiy maqsadi – O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini tanitish, shuningdek, o‘zbek va xitoy ishbilarmonlari o‘rtasida bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Tadbir davomida O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi, sanoat, «yashil» energetika, farmatsevtika va IT sohalaridagi imkoniyatlar, shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Avvalroq Andijon shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish maqsadida Xitoydan 60 ta yangi elektrobus sotib olingani haqida xabar qilingandi. Unga ko‘ra, «And eco transport» MChJ Xitoyning Lanzhou Guangtong New Energy Automobile Co.,Ltd. kompaniyasidan 60 dona Cambell rusumli elektrobus sotib oldi.

Shuningdek