Hollandning dubli «shaharlik»larga g‘alaba keltirdi

Angliya Premier ligasi 8-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Everton» bahsida mezbonlarning qo‘li baland keldi.
Dastlabki bo‘limda ikkala jamoa vakillari darvozalarga yo‘l topa olishmadi. Bir qator hujumlar o‘z samarasini bermadi.
Ikkinchi taymda mezbonlarning norvegiyalik hujumchisi Erling Holland 58-daqiqada Pikford darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, 63-daqiqada bu ishni ikkinchi bor takrorladi.
Ikki golga mos ravishda Niko Orayli va Savinyo assis qayd etishdi.
Jamoalar quyidagi tarkibda maydonga tushdi:

Dubl qayd etgan Erling Holland o‘yindagi eng yuqori balga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «shaharlik»larning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov qaydnomaga kiritilmadi. Oldinroq esa Abduqodir Husanov «Everton»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.