Istanbuldan uchgan samolyot yo‘lovchi sog‘lig‘i sabab Baku aeroportiga qo‘ndi

eʼlon qilindi
Hozircha «Uzbekistan Airways» yo‘lovchining holati va keyingi taqdiri haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan
Uzairways
Foto: Uzairways

17-oktabr kuni Istanbul – Urganch yo‘nalishida parvoz qilayotgan HY280 reysi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli samolyot Ozarbayjonning Baku xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» rasmiy bayonot berdi.

Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, samolyot favqulodda qo‘nishni yo‘lovchiga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshirgan.

Hozircha «Uzbekistan Airways» yo‘lovchining holati va keyingi taqdiri haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Aeroflot» samolyoti Toshkentga zilzila sababli qo‘na olmagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek