Samsung Galaxy S26 taqdimoti ikki oyga kechiktirildi

18-oktabr 2025 16:11 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Foto: Grok SI yordamida yaratilgan

Samsung kompaniyasi yangi avlod Galaxy S26 flagman smartfonlarini taqdim etishni ikki oyga surdi. Bu haqda Techmaniacs nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kechikish sababi – bazaviy Galaxy S26 modelining ishlab chiqish va dizayn bosqichidagi muammolardir.

Dastlab seriyaning taqdimoti 2025-yil yanvar oyiga rejalashtirilgan edi, biroq endi u mart oyiga ko‘chirildi. Shunga qaramay, Galaxy S26 Ultra modeli ustida ishlar allaqachon yakunlangan va u ommaviy ishlab chiqarishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, Galaxy S26 Ultra 10-bitli ekran bilan jihozlanadi, bu milliardlab ranglarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa avvalgi 8-bitli Galaxy S25 Ultra ekraniga nisbatan sezilarli yaxshilanish hisoblanadi. Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy protsessorida ishlaydi va 12 GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. 5000 mA·soat sig‘imli batareya o‘zgarishsiz qoladi, biroq endi 60 vatt quvvatda zaryadlanib, atigi 30 daqiqada 80 foizgacha to‘lishi mumkin.

Standart Galaxy S26 esa Exynos 2600 chipi asosida yaratiladi.

Techmaniacs avval ham Xiaomi 14 va 14 Pro modellari Yevropa bozoridagi narxlarini birinchi bo‘lib e’lon qilgan hamda SIM-kartasiz iPhone Air haqida ham ma’lumot bergan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung to‘rtta smartfon modeli uchun yangilanishlarni to‘xtatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek