Chevrolet Cobalt’ni ustaxonada yangilash qanchaga tushadi

19-oktabr 2025 14:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Cobalt
Chevrolet Cobalt modelining yangi versiyasi qanchaga tushadi / Rasm SI yordamida yaratilgan

Yaqinda narxlari e’lon qilingan Chevrolet Cobalt modelining yangi versiyasi salon qulayligi va texnologiyalari bilan avvalgi modellarni ortda qoldiradi. Ammo haydovchilar yangi versiyani kutmasdan, o‘z avtomobilini ustaxonada mustaqil tarzda yangilashi ham mumkin.

Foto: Chevrolet

Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, Cobalt’ni yangi avlod talqiniga yaqinlashtiruvchi tyuning to‘plami o‘rtacha $900 atrofida turadi. Bu narx avtomobilga quyidagi elementlarni o‘rnatish xarajatlarini o‘z ichiga oladi:

Yangi Tracker 1 uslubidagi asboblar paneli – $300. Bu panel dizayni zamonaviyroq bo‘lib, dvigatel harorati datchigi bilan jihozlanadi. MyLink sensorli multimedia tizimi – $400. Unda Apple CarPlay va Android Auto funksiyalari mavjud bo‘lib, smartfonni avtomobil tizimiga ulash imkonini beradi. Kruiz-kontrol va ruldan multimedia boshqaruvi – $100. Uzoq masofali safarlarda qulaylikni oshiradi. Old o‘rindiqlar isitgichi – $100. Sovuq mavsumda qo‘shimcha issiqlik va qulaylik beradi.

Foto: Chevrolet

Ushbu o‘zgarishlardan so‘ng Cobalt saloni Chevrolet Tracker modellari darajasidagi ko‘rinish va funksionallikka ega bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, ustaxonada bunday yangilanishlar professional mutaxassis tomonidan o‘rnatilishi tavsiya etiladi, chunki noto‘g‘ri ulanma yoki dasturiy nosozliklar avtomobil tizimiga zarar yetkazishi mumkin.

UzAuto Motors 3-noyabrdan boshlab O‘zbekistondagi barcha rasmiy Chevrolet dilerlik markazlarida yangilangan Cobalt avtomobillari savdosini boshlashini e’lon qildi.

Foto: Chevrolet

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi model ikki turdagi komplektatsiyada sotuvga chiqadi:

  • Cobalt Style MCM – 156,1 mln so‘m,
  • Cobalt Midnight MCM – 165,2 mln so‘m.

Shuningdek, hozirda mavjud bo‘lgan Cobalt’ning avvalgi versiyalari mijozlar uchun o‘zgarishsiz narxlarda taklif etilmoqda:

  • Cobalt Style AT Plus – 147,9 mln so‘m,
  • Cobalt Midnight AT – 155,2 mln so‘m.

Avvalroq yangi Chevrolet Cobalt haqida yozgan edik.

Shuningdek