iQOO 15 smartfoni haqida nimalar ma’lum

19-oktabr 2025 08:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
IQOO
iQOO 15 smartfoni haqida nimalar ma’lum / Foto: IQOO

iQOO 15 smartfoniga tegishli barcha asosiy xususiyatlar ma’lum bo‘ldi. Model 20-oktabr kuni namoyish etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iQOO 15 Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u maxsus Q3 «o‘yin chipi» bilan jihozlangan.

Smartfon Samsung M14 OLED displeyga ega bo‘ladi. 6,85 dyuym, 3168×1440 pikselli (2K) ruxsat, 144 Hz yangilanish chastotasi bilan jihozlangan. Old kamera 32 MP, orqa tomonida esa uchta 50 MP modul o‘rnatilgan. Asosiy sensor 1/1,56 dyuym optik shaklli, telefoto moduli esa Sony IMX882 sensori bilan 3 martalik optik zumni ta’minlaydi. Qurilma 100 martalik raqamli zumni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

iQOO 15 7000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlanadi. Tez zaryadlash 100 Vt, simsiz zaryadlash esa 40 Vt quvvatda ishlaydi. Shuningdek, smartfonda ultratovushli ekranga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, kuchli vibratsiya dvigateli, stereo dinamiklar, IP69 himoya darajasi va USB 3.2 Type-C porti mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri IQOO 15 smatfonining taqdimot sanasi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek