Redmi K90 Pro smartfoni qanday imkoniyatlar bilan taqdim etiladi

19-oktabr 2025 12:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Redmi K90 Pro smartfoni qanday imkoniyatlar bilan taqdim etiladi / Foto: Redmi

Redmi kompaniyasi yangi Redmi K90 Pro Max flagman smartfoni haqida batafsil ma’lumotlarni oshkor qildi. Qurilma 27-oktabr kuni taqdim etiladi.

Smartfon Bose bilan hamkorlikda yaratilgan 2.1 formatdagi akustik tizimga ega bo‘ladi. Unda uchta dinamika o‘rnatilgan – yuqori, pastki va orqa qismda joylashgan. Orqa paneldagi «Sound by Bose» logotipi bilan aylana shaklidagi dinamik dekor emas, balki to‘liq ishlaydigan ovoz manbai hisoblanadi.

Redmi K90 Pro Max IP68 darajadagi suv va changdan himoya bilan ta’minlangan. Qurilma, shuningdek, maxsus audio-vibratsiya yordamida changni avtomatik tozalash funksiyasiga ega bo‘ladi.

Redmi K90 Pro Max Snapdragon 8 Gen 5 Elite protsessori, 6,6 dyuymli 2K displey, ultratovushli barmoq izi skaneri va 50 MP asosiy kamera (1/1,3 dyuym sensor, OIS va periskop zum) bilan jihozlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi K90 Pro Max taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek