
Toshkent shahrida birinchi oltin sotuvchi bankomat ishga tushdi. Qurilmani Paynet kompaniyasi o‘rnatgan bo‘lib, u Tashkent City Mall savdo markazida joylashgan.
Mazkur bankomat orqali 5, 10, 20, 50 va 100 grammli oltin quymalarni sotib olish mumkin. Narxlar O‘zbekiston Markaziy bankining rasmiy kursi asosida belgilanadi.
Hozirgi kunda 5 grammli quymaning narxi 8,8 mln so‘m, 10 grammli – 17,6 mln so‘m, 20 grammli – 35,2 mln so‘m, 50 grammli — 88 mln so‘m, 100 grammli quymaning narxi esa 176 mln so‘mni tashkil etadi.
Paynet vakillarining ma’lum qilishicha, qurilma aholiga investitsion oltin quymalarni qulay va xavfsiz tarzda xarid qilish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Paynet kompaniyasining foydasi 47 foizga oshgani haqida yozgan edi.