Yangiliklar

21-oktabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

Barqaror, iliq va yog‘insiz ob-havo saqlanib qoladi
Foto: Kursiv Uzbekistan

21-oktabr kuni mamlakatning barcha hududlarida barqaror, iliq va yog‘insiz ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol 3–8 m/s tezlikda. Harorat kechasi 9–11°, kunduzi 23–25° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7°, kunduzi 18–23°.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10°, kunduzi 23–28°.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo ochiq, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 6–11°, kunduzi 23–28°.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi 25–30°.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘insiz. Shamol sharqdan 5–10 m/s. Harorat kechasi 5–10°, kunduzi 21–26°.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 4–9°, kunduzi 18–23°.