Balkondagi bolani qutqargan talaba vazir tomonidan taqdirlandi

eʼlon qilindi
Tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirdi
Foto: Oliy ta’lim vazirligi

Yangihayot tumanida bolaning hayotini saqlab qolgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilashov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan taqdirlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, 16-oktabr kuni Muhriddin Ilashov 4-qavat balkonida osilib qolgan bolani qutqarib, uning hayotini saqlab qolgan edi.

Video: Toshkent shahar IIB

Shu munosabat bilan vazir talabaga tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirdi.

Foto: Oliy ta’lim vazirligi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chimyon tog‘ida adashib qolgan yetti kishi qutqarilgani haqida yozgandi.

Shuningdek