
Yangihayot tumanida bolaning hayotini saqlab qolgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilashov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan taqdirlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 16-oktabr kuni Muhriddin Ilashov 4-qavat balkonida osilib qolgan bolani qutqarib, uning hayotini saqlab qolgan edi.
Shu munosabat bilan vazir talabaga tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chimyon tog‘ida adashib qolgan yetti kishi qutqarilgani haqida yozgandi.