Yangiliklar

Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi

Aksar viloyatlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi
Ob-havo
Foto: Care Across

O‘zbekiston hududida hafta davomida havo asosan biroz bulutli va quruq bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda. Aksar viloyatlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol esa sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

22 – 25-oktabr kunlari O‘zbekiston hududida havo, asosan, biroz bulutli va quruq bo‘ladi. Aksar viloyatlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan 7–12 metr tezlikda esadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘in kuzatilmaydi. Kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi esa 18–23 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo ochiq va sokin bo‘ladi. Kechasi 8–13 daraja, kunduzi 22-oktabrda 25–30 daraja, 23–25-oktabr kunlari esa 23–28 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi harorat 8–13 daraja, kunduzi esa 23–28 daraja atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq va iliq bo‘ladi. Kechasi 8–13 daraja, kunduzi 22–23-oktabrda 25–30 daraja, 24–25-oktabrda esa 23–28 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘in kutilmaydi.

Shamol sharqdan 5–10 metr tezlikda esadi, kechasi 8–13 daraja, kunduzi 22–24-oktabrda 23–28 daraja, 25-oktabrda esa 20–25 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi harorat 5–10 daraja, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi. Umuman olganda, 22–25-oktabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab barqaror, iliq va yog‘insiz ob-havo saqlanib turadi.

Avvalroq yakshanba kuni O‘zbekistonda kuchli shamol va chang bo‘roni kutilayotgani haqida yozgan edik.