Musiqa va jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Hukumat qarori bilan
Foto: UzReport

Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim va kasbiy mahoratini baholash hamda ularga sertifikat berish tartibini tasdiqladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, o‘qituvchilarga sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi. Baholash jarayoni amaliy (ijodiy) imtihon va test sinovlari natijalari asosida amalga oshiriladi.

Natijaga ko‘ra, quyidagi darajadagi sertifikatlar beriladi: A+, A, B+, B, C+, C.

  • 70 ball va undan yuqori — A+;
  • 65 – 69,9 ball — A;
  • 60 – 64,9 ball — B+;
  • 55 – 59,9 ball — B;
  • 50 – 54,9 ball — C+;
  • 46 – 49,9 ball — C darajali sertifikat hisoblanadi.

Shuningdek, B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama to‘lanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yildan ayrim pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek