
Qirg‘iziston 2025-yil yanvar – avgust oylarida O‘zbekistonga 905,2 ming litr mineral suv eksport qildi. Bu haqda tazabek nashri ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 3,9 baravar ko‘p. O‘zbekiston Qirg‘izistondan eksport qilingan mineral suvning yarmidan ortig‘ini qabul qilgan va asosiy xaridor davlatga aylangan.
Ikkinchi o‘rinda esa Qozog‘iston turibdi. Bu mamlakatga eksport hajmi 45,4 foizga kamayib, 763,7 ming litrni tashkil etgan.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston yana olti davlatga, jumladan, AQSh, Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya va Irlandiyaga ham mineral suv eksport qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mineral suv ishlab chiqaruvchilarining koʻrsatkich tekshiruvi bir joyda tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.