Gadjetlar

Realme GT 8 smartfonining dizayni taqdimotdan avval ochiqlandi

Qurilma Android 16 asosidagi Realme UI 7 tizimi bilan ta’minlanadi
Foto: Gizmochina

Realme kompaniyasi Xitoyda yangi Realme GT 8 seriyasini taqdim etadi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, GT 8 modeli ham Pro versiyadagi kabi Ricoh GR darajasidagi tasvirlash tizimi bilan jihozlanadi. Qurilmada 50 MP periskop telefoto kamera o‘rnatiladi va u almashtiriladigan kamera modulini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Foto: Gizmochina

Old panelda 2K 144 Hz OLED displey joylashgan. Uning yuragida Snapdragon 8 Elite chipseti ishlaydi. Qurilma Android 16 asosidagi Realme UI 7 tizimi bilan ta’minlanadi.

Manbalarga ko‘ra, Realme GT 8 6,78 dyuymli ekran, 7 000 mAh batareya va 100 Vt tezkor zaryadlash texnologiyasiga ega bo‘ladi. Orqa kameralar tizimi 50 MP asosiy va 8 MP ultra-keng obyektivdan iborat. Qurilma 16 GB RAM va 1 TB gacha xotira bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Realme GT 8 Pro smartfoni haqida yozgan edi.