Samsung S25 Ultra va Vivo X300 Pro: qaysi biri sotib olishga arziydi

20-oktabr 2025 12:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung S25 Ultra va Vivo X300 Pro: qaysi biri sotib olishga arziydi
Samsung S25 Ultra va Vivo X300 Pro: qaysi biri sotib olishga arziydi / Foto: Gizmochina

Flagman smartfonlar faqat kuchli texnik ko‘rsatkichlar bilan emas, balki foydalanuvchi tajribasi bilan ham ajraladi. Vivo X300 Pro nisbatan arzonroq narxda yuqori quvvat va katta batareya bilan e’tiborni tortsa, Samsung Galaxy S25 Ultra esa mukammal dizayn, uzoq muddatli yangilanishlar va aqlli funksiyalar bilan yetakchilikni saqlamoqda. Gizmochina texnologiyalar nashri tomonidan Samsung S25 Ultra va Vivo X300 Pro smartfonlari taqqoslandi.

Foto: Tech Radar

Dizayn va ekran

Tashqi ko‘rinish va mustahkamlik: Vivo X300 Pro alyuminiy korpus, shisha orqa panel va IP68/IP69 himoya darajasi bilan jihozlangan. Bu nafaqat chang, balki kuchli suv bosimiga ham bardosh berishni anglatadi. Shu bilan birga, egri shaklli dizayn va silliq oynavand qoplama unga premium ko‘rinish beradi.

Foto: Ochiq manba

Samsung Galaxy S25 Ultra esa titan ramka va Corning Gorilla Armor 2 oynasi bilan himoyalangan. Titan materiali alyuminiyga nisbatan ancha mustahkam va tirnalishga chidamli. Eng muhim jihati — stylus (qalam) integratsiyasi bo‘lib, bu modelni ayniqsa ishbilarmonlar va ijodkorlar uchun qulay qiladi.

Vivo bardoshli suv himoyasiga ega bo‘lsa, Samsung o‘zining titan korpusi va nozik ishlov berilgan detallar bilan haqiqiy ultra flagman darajasini namoyon etadi.

Foto: gadjedMatch

Ekran sifati

Vivo X300 Pro 6,78 dyuymli LTPO AMOLED displeyga ega. 120 Hz yangilanish tezligi, Dolby Vision, HDR Vivid va 4500 nit yorqinligi bilan u ochiq havoda ham juda tiniq ko‘rinadi.

Foto: Tech Radar

Samsung Galaxy S25 Ultra biroz kattaroq Dynamic LTPO AMOLED 2X ekran bilan keladi. QHD+ aniqlik, DX anti-reflektiv qoplama va Gorilla Armor himoyasi tufayli u yorqin quyoshda ham aniq tasvir beradi.

Shuningdek, ranglar muvozanati va kontrasti bo‘yicha Samsung’ning AMOLED texnologiyasi hanuz bozorda yetakchi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 taqdimoti ikki oyga kechiktirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek