Yangiliklar

Starlink foydalanuvchilari soni 7,6 milliondan oshdi

150 dan ortiq mamlakat va hududlarda ishlamoqda
Foto: depositphotos.com

Ilon Mask asos solgan Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i tez sur’atlar bilan kengaymoqda. Bu haqda Tesla kompaniyasi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning foydalanuvchilari soni 7,6 million nafardan oshgan, xizmat esa hozirda 150 dan ortiq mamlakat va hududlarda ishlamoqda.

Loyiha egasi bo‘lgan SpaceX kompaniyasi Starlink orqali dunyoning eng olis joylarida ham yuqori tezlikdagi internet taqdim etmoqda. Shuningdek, bu xizmatdan tushgan mablag‘lar Marsga mo‘ljallangan kelajakdagi missiyalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

19-oktabr kuni SpaceX yangi rekord o‘rnatdi: Falcon 9 raketasi orbitaga 28 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini, jumladan tizimdagi 10 minginchi apparatni chiqardi. Shu bilan kompaniya yil boshidan buyon 132-uchirishni amalga oshirib, o‘tgan yilgi natijani takrorladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan SpaceX Starship raketasining 11-parvozi muvaffaqiyatli yakunlagani haqida yozgandi.