Talabga javob bermaydigan mahsulotni qaytarib olganlar moliyaviy sanksiyadan ozod qilinadi

eʼlon qilindi
Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzgan tashkilotlarning mas’uliyati oshiriladi
Talabga javob bermaydigan mahsulotni qaytarib olganlar moliyaviy sanksiyadan ozod qilinadi. Foto: Enika100/Depositphotos

Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, muvofiqlikni baholash qoidalarini buzgan tashkilotlarning mas’uliyati oshiriladi.

Endi bu jarayonda fuqaroning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilsa, muvofiqlikni baholash organi mahsulotni ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi bilan birgalikda zarar uchun javobgar bo‘ladi.

Shuningdek, agar ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi standart talablariga javob bermaydigan mahsulotning kamida 70 foizini qonuniy tartibda qaytarib olsa, moliyaviy sanksiyadan ozod qilinadi.

Texnik reglamentlarga javob bermaydigan mahsulotlarni qaytarib olgan ishlab chiqaruvchilar, ularning vakillari, sotuvchilar yoki import qiluvchilar ham xuddi shunday imtiyozga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, muvofiqlikni baholash qoidalarini buzgan organlar va ularning mas’ul shaxslari qonun va tuzilgan shartnomalarga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Avvalroq O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolangani haqida xabar qilingandi. Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasida 3 ta bitim va yana 10 ta kelishuvga erishilgan.

Shuningdek