«Urganch bozori» kanali administratoriga nisbatan reklama qonunchiligi buzilgani uchun chora ko‘rildi

eʼlon qilindi
Ozdiruvchi mahsulotlar reklama qilingani uchun
Foto: Leon Bennett / Getty Images

Raqobat qo‘mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi fuqarodan kelib tushgan murojaat asosida ijtimoiy tarmoqda joylangan reklama holatini o‘rganib chiqdi.

Murojaatda «Jennifer Xorazmga kelishi uchun sabab — dietologimiz…» sarlavhasi ostida ozdiruvchi mahsulotlar reklama qilinganligi haqida ma’lumot berilgan edi.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, reklamada amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopezning montaj qilingan videosi ishlatilgan bo‘lib, unda biologik faol qo‘shimchalar haqida minglab kuzatuvchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri ma’lumotlar berilgan.

Shu sababli, hududiy boshqarma huzuridagi maxsus komissiya reklama qonunchiligi buzilishi bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorladi. Natijada, «Urganch bozori» nomli kanal administratori J. O‘rozmetovga nisbatan ma’muriy chora ko‘rish uchun materiallar sud organlariga yuborildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzPost’ni xususiylashtirilishida Davaktivdan ochiqlik talab qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek